Arab tilini noldan o‘rganishni xohlaysizmi? «Arab tilini o‘rganaman» qo‘llanmasi arab alifbosi, harflarning yozilishi va o‘qilishi hamda so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Kitob yozish va o‘qish qoidalarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishga yordam beradi.
Qo‘llanma orqali arab harflari bilan tanishish, ularning so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida qanday yozilishini tushunish hamda o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin. Muqovada QR-kod orqali alifbe darslarini audio shaklda tinglash imkoniyati ham ko‘rsatilgan. Bu harflarning talaffuzini eshitib o‘rganish va mustaqil mashq qilish uchun qulay.
Arab tilini endigina o‘rganayotganlar, o‘qish va yozish asoslarini mustahkamlashni istaganlar uchun foydali qo‘llanma.

