«Mening arab tili daftarim» — tashqi qismi chiroyli va nafis dizaynda ishlangan, ichki sahifalari esa oddiy katakli (kletka) qog'ozdan iborat maxsus daftar. B5 o'lchamda, 100 betdan iborat, yumshoq muqovali qilib tayyorlangan. Bu daftarni arab tili darslarida konspekt yozish, kundalik yozuvlar, ish rejalari, shaxsiy fikr va mulohazalarni qayd etish uchun ishlatishingiz mumkin. Muqovadagi nafis va zamonaviy dizayn uni oddiy daftardan farqli qiladi va unga alohida ma'no baxsh etadi. Shu sababli bu daftar maktab, kurs yoki uy sharoitida arab tilini o'rganuvchilarga, shuningdek oila a'zolari, do'stlar va yaqinlaringizga chiroyli sovg'a sifatida juda mos keladi. Sifatli qog'oz va mustahkam muqova daftarni uzoq muddat foydalanish uchun qulay qiladi.

