Oud Al Layl — sharqona sirli joziba va hashamatni sevuvchilar uchun yaratilgan uniseks parfum suvi. Bu atir ilk sepilganda atirgul, za'faron va yog'ochsimon notalar bilan ochilib, nafis va biroz ziravorli taassurot qoldiradi. Kompozitsiyaning yurak qismida mushk va amber notalari iliqlik hamda chuqurlik bag'ishlab, parfumnya yanada boy va jozibador qiladi. Asosiy notalarda esa oud (agar daraxti), yog'ochsimon akkordlar va yengil tutunli ohanglar uzoq saqlanuvchi, hashamatli iz qoldiradi.
Oud Al Layl kuchli xarakterga ega bo'lib, o'ziga ishongan va e'tiborni yoqtiradigan insonlar uchun mos. Hidi boy, iliq va sharqona bo'lgani sababli ayniqsa kuz-qish mavsumida, kechki uchrashuvlar, bayramlar va maxsus tadbirlarda juda chiroyli ochiladi. Parfum uzoq saqlanadi va kiyimda ham sezilarli shleyf qoldiradi.
Bu atir oddiy hidlardan zerikkan, oud va sharqona notalarni qadrlaydiganlar uchun ideal tanlov. Nafaqat kundalik foydalanish, balki status va didni namoyish qilish uchun ham juda mos.

