"Ushbu o'quv qo'llanma arab tilini o'rganuvchi keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangan. Undan nodavlat ta'lim muassasalari tinglovchilari, maxsus maktab o'quvchilari, oliy ta'lim muassasalari talabalari va mustaqil arab tilini oʻrganishda foydalanish mumkin. O'quv qo'llanmada arab tilining ilk qoidalari oʻrin olgan.
Yaxshi natijaga erishish uchun bu o'quv qo'llanmani o'qishdan avval, muassasaning "ARAB ADABIY TILI. Boshlang'ich kitob: alifbo va ifodali o'qish qoidalari" yoki "ARAB ADABIY TILI. Bolalar uchun: arab alifbosi, ifodali o'qish qoidalari va boshlang'ich grammatik qoidalar" va "ARAB ADABIY TILI. Birinchi kitob: qoida va mashqlar" qo'llanmalarini o'qib chiqish tavsiya etiladi" -nashriyotdan.

