arab tilini o‘rganishni boshlayotganlar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma bo‘lib, unda arab tilining asosiy grammatik qoidalari va ularni mustahkamlashga xizmat qiluvchi mashqlar jamlangan. Ushbu qo‘llanma nodavlat ta’lim muassasalari tinglovchilari, maxsus maktab o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydalidir. Yaxshi natijaga erishish uchun bu qo‘llanmani o‘qishdan avval, muallifning «Arab tili. Boshlang‘ich kitob: alifbo va ifodali o‘qish qoidalari» yoki «Arab adabiy tili. Bolalar uchun: arab alifbosi, ifodali o‘qish qoidalari va boshlang‘ich grammatik qoidalar» qo‘llanmalarini o‘rganish tavsiya etiladi.

