Ecosoft almashtiriladigan kartrij, Aquaphor filtr-quyma idishlari uchun moʻljallangan, barcha modellarga mos keladi. Uch bosqichli filtrlashni taʼminlaydi. Suvni vodoprovod aralashmalaridan samarali tozalaydi, xlor va temir miqdorini kamaytiradi, quyqa (nakip) hosil boʻlishining oldini oladi, suvni magniy va kalsiy bilan boyitadi. 5 komponentdan iborat noyob Ecomix materiali Oʻzbekistonda suvni tozalashda uchraydigan eng keng tarqalgan muammolarni hal qiladi.
Filtr suvni uch bosqichda tozalaydi:
— yirik iflosliklar, qum va zangni ushlab qoluvchi ko‘p qatlamli filtr materialidan;
— xlor miqdorini sezilarli darajada kamaytiradigan hamda suvning organoleptik xususiyatlarini yaxshilaydigan faollashtirilgan kokos ko‘miridan;
— suv qattiqligini kamaytirib, mineral tarkibini yaxshilaydigan ion-almashuv smolasidan o‘tkazadi.
O‘zbekistonda suvni tozalashda uchraydigan eng keng tarqalgan muammolarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan noyob Ecomix filtr materiali xlorni neytrallaydi, quyqa (nakip) hosil bo‘lishini kamaytiradi, yirik iflosliklar, qum va og‘ir metallarning ushlanishini ta’minlaydi, suvni yumshatadi hamda uning organoleptik ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Filtr materiali 5 komponentdan iborat bo‘lib, 10 mikrongacha bo‘lgan kompleks tozalashni, jumladan marganes, ammoniy va organik moddalardan tozalashni ta’minlaydi. Tozalangan suv magniy va kalsiy minerallari bilan boyitiladi. Resursi 300 litr toza, mazali va xavfsiz suvga mo‘ljallangan, biroq resurs hali tugamagan bo‘lsa ham, modulni kamida har 30 kunda bir marta almashtirish tavsiya etiladi.

