Aquaphor DWM-312S teskari osmos suv tozalash tizimi
Rakovina ostiga o‘rnatiladigan ixcham bosimsiz (baksiz) teskari osmos suv tozalash tizimi.
Asosiy xususiyatlari:
- Yig‘uvchi baksiz tizim: suv membrana orqali darhol filtrlanadi. Tozalangan suvni yig‘ish uchun istalgan idish yoki ko‘za ishlatiladi (ko‘za to‘plamga kiradi).
- PRO 1 moduli suvni kompleks tozalashni amalga oshiradi. Modulning 10 mkm dan 3 mkm gacha o‘zgarib boruvchi gradient filtrlash tuzilmasi ifloslikni ko‘proq ushlab qoladi va filtrning xizmat muddatini uzaytiradi.
- Membrana quyidagilarni samarali bartaraf etadi:
- suvning qattiqligini (ohak va quyqa hosil bo‘lishining asosiy sababini);
- vodoprovod suvidagi turli aralashmalarni;
- bakteriyalarni;
- parazitlarni;
- viruslarni.
- Membrananing unumdorligi vodoprovod suvining dastlabki sifatiga qarab sutkasiga 380 litrgacha.
- Aquaphor DWM-312S tizimi vodoprovod tarmog‘idagi 1,5 atm bosimda ham ishlaydi (klassik teskari osmos tizimlari odatda kamida 2 atm bosimni talab qiladi).
- PRO Mg moduli suvni konditsiyalaydi va minerallashtiradi:
- suvni foydali minerallar bilan boyitadi;
- ichimlik suvining ta’mini yaxshilaydi;
- optimal mineral (tuz) muvozanatini ta’minlaydi;
- tarkibida tabiiy minerallar mavjud.