Uyingizda haqiqiy kinoteatr muhitini yarating! Zamonaviy Android 14 operatsion tizimida ishlovchi ushbu aqlli proyektor sevimli filmlaringiz, seriallaringiz va oʻyinlaringizni katta ekranda yuqori sifatda tomosha qilish imkonini beradi.
Netflix, YouTube, Prime Video, Disney+ va boshqa ilovalar qurilmaga oʻrnatilgan boʻlib, qoʻshimcha pristavka yoki kompyutersiz toʻgʻridan-toʻgʻri internet orqali tomosha qilishingiz mumkin. Zamonaviy Wi-Fi 6 moduli tufayli video va translyatsiyalar qotmasdan, yuqori tezlikda uzatiladi.
Asosiy afzalliklari:
- Android 14 operatsion tizimi: Tezkor ishlash, zamonaviy interfeys va Google Play orqali barcha kerakli ilovalarni yuklab olish imkoniyati.
- Avtofokus (Auto Focus): Tasvirni avtomatik ravishda tiniqlashtiradi — qoʻlda sozlash shart emas.
- Avtokorreksiya (Auto Keystone): Proyektor burchak ostida oʻrnatilganda ham tasvirning trapetsiya shaklidagi buzilishlarini avtomatik ravishda toʻgʻrilab beradi.
- 4K va Yuqori Sifat (4K Support): Yqin va yorqin tasvir, boy ranglar va tiniq detallar.
- Wi-Fi 6 va Bluetooth: Barqaror va tezkor simsiz ulanish hamda tashqi akustika/kolonkalarni ulash imkoniyati.
- Moslashuvchan korpus va stend: Tasvirni devorga yoki shiftga (potolok) qulay burchakda proyeksiyalash imkonini beradi.
Xususiyatlari (Характеристики):
- Operatsion tizim: Android 14
- Ruxsat berilgan aniqlik: 4K Video Support
- Simsiz ulanish: Wi-Fi 6 (Dual Band 2.4G/5G), Bluetooth
- Fokuslash: Avtofokus (Auto Focus)
- Trapezoid korreksiya: Avtomatik trapezoid toʻgʻrilash (Auto Keystone Correction)
- Oʻrnatilgan ilovalar: Netflix, YouTube, Prime Video, Disney+, Google Play
- Interfeyslar: HDMI, USB, 3.5 mm Audio
- Qoʻllanilishi: Uy kinoteatri, oʻyinlar, taqdimotlar va hovli/sayohatlar uchun