Mazkur risolaning avvalida ahli sunna val jamoa mazhablari va aqiydaviy firqalar haqida, tavhid ilmi borasida umumiy zaruriy ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kitob bobdan iborat bo‘lib, ularda Islom va iymon, Alloh azza va jallaning Zotiga aloqador ilmlar, nubuvvat va risolat, samoviy kitoblar g‘aybiyotlar, bandalarning amallari va boshqa masalalar yuzasidan so‘z yuritilgan. Shuningdek, aql va hukmlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Kitob kichik hajmli bo‘lishiga qaramay, deyarli barcha asosiy mavzularni o‘zida jamlangan.

