Apple Type-C 1 metrli toʻqima kabeli uchun maxsus ishlab chiqilgan ixcham organizator. Kabelni tartibli va yigʻilgan holatda saqlashga yordam beradi, sumka yoki stol ustida chigallashib ketishining oldini oladi. Uyda, ofisda yoki safarda foydalanish uchun qulay yechim.
Mazkur model aynan Apple Type-C 1 m toʻqima kabeli oʻlchamlari asosida ishlab chiqilgan. Yangi kabel ishlatilgan kabelga nisbatan biroz qisqaroq boʻlishi mumkin, biroq organizator ikkala holatga ham mos keladi.
Xususiyatlari:
Material: Yuqori sifatli PETG plastik
Ishlab chiqarish usuli: 3D printer yordamida tayyorlangan
Oʻlchami: 6 × 3 × 2 sm
Mosligi: Faqat Apple Type-C 1 metrli toʻqima kabeli bilan mos keladi.

