Anvar Isroilov 1996-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan boʻlib, oʻz faoliyatini lak miniatyura va rangtasvir yoʻnalishida olib boradi. Bolaligidanoq uning ijodiy yo‘li tajribali, o‘z ishining ustalaridan olingan ilhom va ustozlar e’tibori bilan yo‘g‘rilgan. U rangtasvir ustasi Rasulov Rixsiboy, lak miniatyura ustasi Vladimir An, miniatyura ustasi Bahodir Yo‘ldoshev, rishtonlik pichoqchi Alixo‘jayev Rahmatxo‘ja kabi ustalardan saboq olgan. Anvar Isroilov o‘z mahorati bilan sandiq, patnislar kabi ajoyib, laklangan mahsulotlar, shuningdek, Samarqand qog‘ozida nafis miniatyura va kartinalar yaratadi.

