Ko'zmunchoq! Tilimizda shunday samimiy so'z bor. Ota-bobo- larimizning koʻzga yaqin, kelishgan farzand-u nabiralariga qarata aytiladigan "Ko'z tegmasin" iborasini ko'p eshitganmiz. Ehtimol, shu so'zdan ilhomlanib O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ham kitoblaridan birini "So'zmunchoq" deb nomlagandir.
Adabiyotimizda ham ana shunday o'sib kelayotgan ko'rkam nihollarning bog'ga aylangulik bo'yi bor. Bu bog'larning hosili mo'l bo'lishini niyat qilib, bir turkum kitoblarni "So'zmunchoq” rukni ostida nashr etishni reja qildik.
Anvar Botir she'r faqat ko'ngil izhori emas, balki hayot haqiqatlarining o'lmas hikmati ekanini anglagan shoirlardan. Uning she'rla rida yurak urishi eshitiladi, xos va nozik topilmalarning harorati sezilib turadi. Mazkur ash'orlarning eng katta yutug'i - soddagina so'zlar qanotida chuqur ma'nolarni yetkazish san'atidir. Shoirning she'rlarida kutilmagan tashbehlar, ohorli hislar, sinovdan o'tgan xulosalar mavjud. O'quvchi ana shu hislarning obitobi bilan yashab boradi.
ISBN : 9789910805813
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 159
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Adabiyot
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha / Yaponcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

