ANUA Azelaic Acid 3+ Cica Skin Clarifying Toner — Koreya kosmetikasi bo‘lib, terini parvarish qilishning muhim bosqichi hisoblanadi. Ushbu toner teri yuzasini chuqur tozalash, ortiqcha yog‘ni nazorat qilish va teri rangini bir xil qilishga yordam beradi. Tarkibidagi 3% azelayin kislotasi teri pigmentatsiyasini kamaytirish, akne izlarini yengillashtirish va terining yangilanish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
CICA (Centella Asiatica ekstrakti) esa terini tinchlantiradi, qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi hamda terining himoya qatlamini mustahkamlaydi. Toner terini namlantirib, keyingi kosmetik mahsulotlar (serum yoki krem) yaxshiroq singishiga yordam beradi.
Mahsulot yog‘li, aralash va muammoli teri uchun ayniqsa mos keladi. Doimiy foydalanishda teri yanada silliq, tiniq va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi.

