A.P.Chexov dunyo adabiyotida buyuk hikoyanavis sifatida mashhur. Yozuvchi o'z hikoyalari orqali ushbu janrni yangi pog'onaga ko'targanligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishida adibning muayyan o'rni bor. Xususan, A.Qahhor va undan keyingi davr o'zbek hikoyalarida A.P.Chexov ta'siri sezilib turadi.

