Umurtqa pog‘onasini asrash kerak! Yoshlikdan to keksayguncha! Chunki umurtqa pog‘onasi - salomatligimiz asosi, ichki a’zolarimizning holati, demakki, yaxshi kayfiyat, faollik, uzoq umr ko‘rish unga bog‘liq. Ushbu kitobda umurtqa pog‘onasini qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilish haqida juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Og‘riqlar paydo bo‘lganda nima qilish kerak. Qanday mashqlarni bajarish foydali, umurtqa pog‘onasi uchun qanday yuklamalar juda xavfli. Qarshingizda haqiqatan ham yordam beradigan kitob turibdi. Tajribali shifokor, kineziolog, manual terapevtning kitobi. Bu kitob 12-yildan ziyod shifokorlik faoliyatining mevasidir.
Bir vaqtlar doktor Alekseev umurtqa pog‘onasi uchun "oddiy" mashqlar ba’zi kasalliklarda foydasiz va hatto xavfli bo‘lishi mumkin, degan paradoksal xulosaga kelgan edi. Mashhur kineziolog, Naomi Kempbell va Nikolas Keyj kabi yulduzlarning maslahatchisi Devid Lif bilan tanishish ushbu kitob muallifiga beldagi muammolarni to‘liq va qisqa vaqt ichida hal qilish imkonini beradigan, shuningdek, umurtqa pog‘onasini mustahkamlaydigan va himoya qiladigan mashqlar majmuasini ishlab chiqishga yordam berdi. Siz aynan o‘zingizga ko‘p yillar davomida sog‘lom va faol bo‘lishga yordam beradigan mashqlarni tanlashingiz mumkin.

