RAVENOL TTC Protect C11 Concentrate — eng ommabop, G11 talablari bilan mos keluvchi, sariq-yashil rangdagi kontsentrlangan antifriz.
RAVENOL TTC - Protect C11 Concentrate – etilenglikol asosidagi antifriz kontsentrati bo‘lib, tarkibida nitritlar, aminlar va fosfatlar mavjud emas. Dvigatel tarkibidagi barcha metall elementlar, shu jumladan alyuminiy va turli qotishmalarni uzoq muddat (5 yilgacha) korroziyaga qarshi himoya bilan ta’minlaydi.
RAVENOL TTC - Protect C11 Concentrate sariq-yashil ftorlyuminesent rangga ega, bu esa defektoskop (ko‘k chiroq) yordamida ehtimoliy sizib chiqish joylarini tez aniqlash imkonini beradi.
RAVENOL TTC - Protect C11 Concentrate antifriz kontsentrati sof holda qo‘llanmasligi kerak, chunki sof etilenglikolning muzlash harorati atigi -15°C ni tashkil qiladi. Biroq, 20% suv qo‘shilganda muzlash harorati keskin pasayib -65°C ga yetadi.
Eng yaxshi natijaga antifriz kontsentrati RAVENOL Destilliertes Wasser entionisiert kabi deionizatsiyalangan suv bilan suyultirilganda erishiladi. Agar deionizatsiyalangan suv mavjud bo‘lmasa, odatdagi tozalangan suv bilan suyultirishga ham yo‘l qo‘yiladi.
RAVENOL TTC Protect C11 Concentrate qo‘llanilishi quyidagilarni ta’minlaydi:

