• Cho‘yan, alyuminiy (yoki ushbu ikki metall qotishmasidan tayyorlangan) dvigatellarda, shuningdek alyuminiy va mis qotishmalaridan tayyorlangan radiatorlarda a’lo darajadagi ishlash
• Yaxshi ishqoriy zaxira
• Sovitish tizimida cho‘kma va ko‘pik hosil bo‘lishining oldini olish
• Avtomobil radiatorlarida qo‘llaniladigan elastomerlar bilan moslik
• Korroziya va kavitatsiyaga qarshi himoya
Mercedes, BMW, Opel, Saab, GM, Land Rover / Jaguar, Renault, Porsche, Volkswagen / Audi avtomobillarining dvigatel sovutish tizimlari uchun mo‘ljallangan ko‘k rangdagi kontsentrlangan antifriz.
RAVENOL HTC Protect MB 325.0 Concentrate – 1.2-Ethandiol (monoetilenglikol) va korroziyaga qarshi inhibitörlar asosida ishlab chiqilgan kontsentrlangan antifriz bo‘lib, Mercedes, BMW, Opel, Saab, GM avtomobillarining dvigatel sovitish tizimlari uchun mo‘ljallangan. OAT (organik texnologiya) asosida tayyorlangan. Tarkibida aminlar va fosfatlar mavjud emas. Alyuminiyli dvigatellarni yozda ham, qishda ham 5 yilgacha korroziyaga qarshi himoya qiladi. Atrof-muhit uchun xavfsiz.
Antifriz ko‘k rangga ega bo‘lib, defektoskop (ko‘k chiroq) yordamida sizib chiqish ehtimoli bo‘lgan joylarni tez aniqlash imkonini beradi.
RAVENOL HTC Protect MB 325.0 antifrizi Volkswagen, Audi, Saab, Renault, Porsche, Opel, Land Rover, Jaguar, John Deere, DAF, Ford, Honda, BMW, Mercedes-Benz, MAN va boshqa avtomobillarda qo‘llanilishi mumkin.
RAVENOL HTC Protect MB 325.0 Concentrate antifriz kontsentrati suyultirilmagan holda ishlatilmasligi kerak, chunki sof etilenglikolning muzlash harorati atigi -15°C ni tashkil qiladi. Biroq, 20% suv qo‘shilganda muzlash harorati keskin ravishda -65°C gacha pasayadi.
Eng yaxshi natijaga RAVENOL Destilliertes Wasser entionisiert kabi deionizatsiyalangan suv bilan suyultirish orqali erishiladi. Agar deionizatsiyalangan suv mavjud bo‘lmasa, odatdagi tozalangan suv bilan suyultirish ham mumkin.
RAVENOL HTC Protect MB 325.0 Concentrate qo‘llanilishi quyidagilarni ta’minlaydi

