ANTA QILIAN — Trail Running seriyasidagi krossovka, shahardan chiqib ketishni yaxshi ko'radiganlar uchun: dam olish kunlari tog'ga, o'rmon so'qmoqlariga, shahar tashqarisidagi bog'larga. Notekis yer, ildiz va mayda toshlarda o'zini ishonchli tutadi, qaytishda asfalt yo'lda ham qulay.
Nega aynan shu krossovka:
• Rezina taglik — tuproq, shag'al va nam o'tda yaxshi ushlaydi, qiyalikdan tushayotganda sirpanib ketish xavfi kam.
• EVA ko'pikli taglik — oyoq ostidagi do'nglik va toshlarni deyarli sezdirmaydi, uzoq yo'lda oyoq kamroq charchaydi.
• Rezina-plastik qoplamalar — tumshuq va yon tomonlarni tosh va shoxlarga urilishdan himoya qiladi.
• Setkali ustki qism — nafas oladi, issiq kunda tepalikka chiqayotganda ham oyoq qizib ketmaydi.
• Tabiiy ranglar: qora — amaliy, tez kirlanmaydi; och jigarrang — sayohat anjomlariga juda mos.
Qayerda asqatadi: treyl yugurishda, tog'da piyoda sayrda (hayking), piknik va shahar tashqarisiga chiqqanda, outdoor uslubini yoqtirsangiz — kundalik hayotda ham.
O'lcham: o'lchamiga mos, odatdagi o'lchamingizni oling. Mavjud o'lchamlar (EUR): 39, 40, 40,5, 42, 42,5, 43, 44.

