• ISBN 978-9943-8266-5-6 - 320 bet - Kiril alifbosi - Anoyining jaydari olmasi - Mualli: Erkin A'zam - Hikoyalar va Qissalar
• Ushbu asar Factor books nashriyotining IKAR kitobxonlik tanlovi asosida tayyorlangan asarlar bo'lib, 2023 yilda ushbu tanlov asosida KITOBXONLAR o'rtasida tanlov o'tkazilib NEXIA 3 avtomobili g'olibi aniqlangan edi
• Mana, hozir sen kirib kelasan. Tosatdan. Tashvish bilan, to‘polon bilan. Olma olib kelasan, jaydari olma. “Chantrimore-e!” deysan qulochingni keng yozib. “Kalamakatore!” deyman men...
Asl yumor, kinoya darajasi kuldirish bilan o‘lchanmaydi. Yuzda achchiq tabassum zohir qilish, sho‘x kinoya orqali iztirobga solish, tuyg‘ularni junbishga keltirib, ko‘zda yosh qalqtirish – uning chin vazifasi bo‘lsa, ne tong.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam asarlari bu borada yuksak mezon. Aziz o‘quvchi! Baland dorlarga
bo‘ylab ko‘rish vaqtimiz keldi. Dardchil hajviyotga marhamat qilgaysiz!



