"Boy va mashhur bo‘lish uchun o‘z salohiyatingizni oching (axir baxt shunda-ku!)" — chorlaydi internetdagi "muvaffaqiyatli muvaffaqiyat" gurulari. Ijtimoiy tarmoqlarda tanishlaringizning doim baxtli va omadli suratlariga ko‘zingiz tushganda: "Haliyam orzuyimdagi hayot bilan yashamayotgan ekanman, demak, yetarlicha harakat qilmayapman chog‘i", — deb o‘ylaysiz mahzunlik bilan.
Lekin, agar bizda o‘sha ko‘klarga ko‘tarilgan "cheksiz salohiyat" aslini olganda hech qachon bo‘lmagan bo‘lsa-chi? Ko‘z-ko‘z qilinadigan soxta "baxt"ga intilishimiz hammamizni yanada baxtsizroq qilayotgan bo‘lsa-chi?..
"Hech ham xafa bo‘lmang!" — javob beradi ushbu kitob muallifi Ann-Sofi Jirar. Bu gap haqiqat bo‘lgan taqdirda ham — taslim bo‘lishga aslo sabab emas.
O‘zini boricha qabul qilish yo‘lida uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan muallif, o‘zingizga nisbatan talabchanlikni kamaytirishga, boshqalar tomonidan majburlab tiqishtirilgan "baxt" tushunchasidan xalos bo‘lishga va hayotingizni zaharlayotgan cheklovlardan ozod bo‘lishga qanday yordam berishni aniq biladi. Dadil qadam tashlang!
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun hoziroq savatga qo‘shing 📚 Xatcho‘p (zakladka) — Bonusga! To‘liq tavsifni o‘qib chiqqaningiz uchun rahmat 😊

