«Анна Каренина» - XIX asrda ayol haqida yozilgan eng yaxshi roman.
«Zamonaviy hayot haqidagi roman» g‘oyasi L. N. Tolstoyda 1870-yildayoq paydo bo‘lgan. «Kecha kechqurun u menga, - deb yozgan edi Sofya Andreyevna Tolstaya 1870-yil 24-fevraldagi kundaligida, - o‘zini yo‘qotib qo‘ygan, oliy tabaqaga mansub, turmush qurgan bir ayol obrazini ko‘z oldiga keltirganini aytdi».
«Анна Каренина» romanining dastlabki boblari 1875-yilda «Русский вестник» jurnalida nashr etildi. Tolstoy butun qo‘lyozmani tugatmasdan turib, asarning ilk boblarini o‘quvchilar hukmiga havola etishga qaror qildi. Roman uch yil davomida nashr etib borildi va uning muvaffaqiyati barcha kutganidan ham oshib ketdi. Tolstoyning zamondoshlaridan biri yozganidek: «„Анна Каренина“ning har bir bobi butun jamiyatni junbushga keltirar, gap-so‘zlar, hayrat, mish-mishlar va bahs-munozaralarning oxiri ko‘rinmas edi. Go‘yo har bir kishiga shaxsan daxldor bo‘lgan masala muhokama qilinayotgandek edi».
F. M. Dostoyevskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Анна Каренина» o‘quvchilarni «nafaqat kundalik hayotga oid mazmuni, balki inson qalbining nihoyatda chuqur va keng psixologik tahlili, dahshatli teranligi va ta’sirchan kuchi bilan ham» hayratga solgan.
Roman XX asrning atoqli rus rassomi Aleksandr Samoxvalovning illyustratsiyalari bilan nashr etilmoqda. Ushbu nashrdan, shuningdek, Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Andrey Stepanovning maqolasi ham o‘rin olgan.

