Anker Prime Power Bank 26K 300W bu yuqori quvvatli portativ zaryadlovchi qurilma bo‘lib, MacBook, iPhone, iPad, Samsung, noutbuk va boshqa gadjetlarni tez va ishonchli zaryadlash uchun yaratilgan.
Qurilma ikki dona USB-C va bitta USB-A port orqali umumiy 300W gacha quvvat beradi. Bu esa bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani, hatto ikkita MacBook Pro’ni ham yuqori tezlikda zaryadlash imkonini beradi.
USB-C port orqali 140W gacha tez zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. 5A kabel bilan MacBook Pro M4 Pro’ni 50% gacha taxminan 27 daqiqada, iPhone 16 Pro’ni esa 50% gacha taxminan 26 daqiqada zaryadlash mumkin.
Anker Prime’ning eng katta afzalliklaridan biri bu 250W dual USB-C input. Ya’ni powerbankning o‘zi ham juda tez zaryadlanadi. 50% gacha taxminan 13 daqiqada, 40% gacha esa atigi 10 daqiqada yetadi. Bu sayohat, ish, aeroport yoki tez harakat kerak bo‘lgan holatlar uchun juda qulay.
26 250 mAh sig‘im va 99.75Wh energiya hajmi tufayli powerbank samolyotga olib kirish uchun mos keladi. U MacBook Pro M4’ni taxminan 0.8 martagacha zaryadlay oladi.
Smart displey orqali zaryad holati, kiruvchi va chiquvchi quvvat, qolgan vaqt va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Ilova orqali esa quvvatni boshqarish va sozlamalarni nazorat qilish imkoniyati bor.
Asosiy afzalliklari:
26 250 mAh sig‘im
300W umumiy chiqish quvvati
140W gacha tez zaryadlash
250W dual USB-C tez kirish zaryadi
2 ta USB-C va 1 ta USB-A port
Smart displey
Ilova orqali boshqarish
MacBook, iPhone, Samsung va boshqa qurilmalar bilan mos
99.75Wh hajm, samolyot uchun mos
Premium va kuchli powerbank
Komplekt:
Anker Prime Power Bank 26K 300W
USB-C to USB-C kabel 240W
Travel pouch
Qo‘llanma

