• Stiga Origin Blade raketkasi muntazam mashg‘ulotlar va havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalar uchun mos keladi. U o‘yin sifatini oshirishni va natijalarni yaxshilashni istagan sportchilar uchun ajoyib tanlovdir.
Ushbu model ilg‘or havaskorlar va professional darajaga yaqin o‘yinchilar uchun mo‘ljallangan. Raketka origina qadoqda taqdim etiladi va 3 yulduz belgisi bilan ajralib turadi. Bu esa uning yuqori o‘yin darajasi, yaxshi tezlik va nazorat ko‘rsatkichlariga ega ekanini bildiradi.
Raketkaning asosi tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lib, to‘pning aniq va bir tekis sakrashini ta’minlaydi. Yog‘och konstruktsiya zarbalarni nazorat qilishni osonlashtiradi hamda o‘yin davomida barqarorlik beradi. Bu hujumkor va kombinatsiyalangan o‘yin uslubi uchun juda muhimdir.
Rezina qoplamalar tezlik va nazorat o‘rtasida muvozanat yaratadi. O‘yinchi topspin, kesish (podrezka) va kuchli zarbalarni ishonch bilan bajarishi mumkin.

