• Anastasiya Sokolova-Bualle: Fransiya siyrati
Anastasiya Sokolova-Buallening ushbu asari Fransiya haqida shunchaki ma’lumot beruvchi bir kitob emas. Bu - farang yurtining o‘tmishi va buguni, xalqining qalbi, jamiyatining yashirin qonun-qoidalari haqida ichkaridan aytilgan ro‘yirost hikoya. Bu kitob o‘quvchini Fransiyaga sayyoh sifatida emas, balki mehmon sifatida olib kiradi.
Muallif hamrohligida siz:
✦ qadimiy qal’alar va zamonaviy shaharlar bo‘ylab sayr qilasiz;
✦ asilzodalar va san’atkorlar hayotiga nazar tashlaysiz;
✦ ibodatlar, to‘ylar va oilaviy marosimlarda qatnashasiz;
✦ fransuz uylariga ichkaridan mo‘ralaysiz;
✦ ta’lim, sog‘liqni saqlash, ish va jamoadagi munosabatlarni o‘rganasiz;
✦ kundalik ovqatlanish madaniyati, taomga munosabat va stol atrofidagi ijtimoiy qoidalarni anglaysiz.

Mutolaa qilar ekansiz, sahifalar bilan birga fransuz jamiyati ichiga chuqurroq kirib borasiz, ularning kundalik hayoti, fikrlash tarzi va ichki mantig‘ini his qila boshlaysiz.
Nega fransuzlar bahsni yaxshi ko‘radi, lekin keskinlikdan qochadi? Nega ular erkinlikni oliy qadriyat deb biladi, shu bilan birga qoidalarga qat’iy amal qiladi? Nega ovqat ular uchun shunchaki to‘yish emas, balki muloqot, estetik zavq va ijtimoiy marosim hisoblanadi?
Muallif bu savollarga tayyor javob bermaydi. Aksincha, u sizni fransuzlar kabi kuzatishga, solishtirishga va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Bir qarashda mayda tuyulgan detallar - stol atrofidagi suhbat, ishdagi tanaffus, bahs madaniyati yoki kundalik odatlar - jamiyatni qanday shakllantirishini ochib beradi.

