O‘tish davrida o‘smirlar ko‘plab fiziologik va psixologik o‘zgarishlarga duch kelishadi.
Ginekolog Anastasiya Degteva "Qizaloq ulg‘aymoqda" (Девочка взрослеет) kitobida har bir qiz bola ulg‘ayishning qaysi bosqichlaridan o‘tishi va bu davrda, shuningdek, kelajakda unga qanday bilimlar asqotishi haqida so‘zlab beradi. Kitob ota-onalarga o‘smirlik davrida tana va ruhiyat aynan qanday o‘zgarishini hamda nimalarga tayyor turish kerakligini tushuntiradi. Hayz ko‘rish, kontratseptsiya, munosabatlar va ulg‘ayayotgan qiz hayotida paydo bo‘ladigan boshqa yangi narsalar haqida suhbatni nimadan boshlash kerakligini o‘rgatadi.
– Balog‘atga yetish davrining qanday o‘ziga xosliklari bor?
– O‘smirlar gigiyenasi rejasiga nimalar kiradi?
– Hayz sikli qanday shakllanadi va nimalarga e’tibor berish lozim?
– Akne (husnbuzar) nima sababdan paydo bo‘ladi?
– O‘smirlarda depressiya va boshqa psixologik muammolar qanday namoyon bo‘ladi?
Anastasiya Degtevaning kitobi ota-onalarda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan eng dolzarb savollarga — keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan tortib, ovqatlanish xulq-atvorining buzilishi (OXB) sabablarigacha javob beradi. Shuningdek, o‘smir qizingiz bilan har qanday muhim mavzu yoki muammoni muhokama qila olishingiz uchun u bilan samimiy va yaqin munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi.
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga qo‘shib qo‘ying 📚
To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

