• Muallif: Chjan Lipin, Chjan Yunlin
• Muqova: yumshoq
• Sahifalar soni: 264
• Til: o'zbek
“An’anaviy xitoy tabobati” — bu xitoylik mutaxassislar Chjan Lipin va Chjan Yunlinning 30 yillik klinik tajribasiga asoslangan amaliy qo‘llanma bo‘lib, an’anaviy xitoy tabobati asosida 30 dan ortiq kasalliklar uchun samarali davolash usullarini taqdim etadi.
Kitobda ichki kasalliklar, ginekologiya, pediatriya, jarrohlik va dermatologiya bo‘yicha davo usullari izchil bayon qilingan. Har bir holat uchun kasallik sababi, an’anaviy xitoy va G‘arbiy tibbiyotdagi izohi, tashxis va davolash bosqichlari, ichki va tashqi muolajalar, klinik misollar keltiriladi.
Mualliflar an’anaviy xitoy tabobatini xalqaro amaliyotda samarali qo‘llash uchun ta’lim modellarini, klinik protokollarni va adaptatsiyalash usullarini ham tavsiya etadi. Bolalar uchun dozalash, xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bu asar shifokorlar, tibbiyot pedagoglari, talabalar va sog‘liqni saqlash sohasida an’anaviy xitoy tabobati tajribasini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.

