Amora krovati — Mebelon Market'dan qulay va sig'imli krovat. Bosh tomondagi tokchalar va krovat tagidagi tortmalar yotoqxonada joyni tejaydi: ko'rpa-to'shak, adyol va kiyimlarni tortmalarda, telefon, kitob va mayda buyumlarni tokchada saqlash mumkin.
Afzalliklari:
• Bosh tomonda tokchalar
• Saqlash uchun tortmalar: ikki kishilik o'lchamlarda 4 ta, bir kishilikda 2 ta
• Tortmalarning silliq yurishi
• Mustahkam karkas
• Sifatli materiallar
• Yig'ish oson, yo'riqnoma bilan keladi
• Rangi: Kashmir
Rozetka (qo'shimcha variant):
Xohlasangiz, bosh tomondagi tokchaga rozetka bloki o'rnatiladi: 3 ta rozetka, ochiladigan qopqoq, yashirin o'rnatish. Telefon va noutbukni krovat yonida zaryadlash mumkin.
Mavjud o'lchamlar:
• Bir kishilik: 93 × 216 sm (matras 90x200 sm uchun)
• Ikki kishilik: 163 × 216 sm (matras 160x200 sm uchun)
• Ikki kishilik: 183 × 216 sm (matras 180x200 sm uchun)
Hamma o'lchamda: bosh tomon balandligi 80 sm, karkas balandligi 37 sm
(eni × uzunligi)
Komplektatsiya:
Krovat matrassiz va rozetkasiz sotiladi. Kerak bo'lsa, matras, rozetka va o'rnatish xizmatini variant sifatida tanlab buyurtma qilishingiz mumkin:
• Matras: matrassiz / ortopedik matras / ortopedik matras + topper
• Rozetka: rozetkasiz / rozetka bilan
• Yig'ish va o'rnatish: o'zim yig'aman / o'rnatib berilsin
Tanlangan o'lcham va variantga qarab narx o'zgaradi.
Brend: Mebelon Market
Model: Amora

