📘 Kitob nomi: AʼMO
✍️ Muallifi: Fotih Duman
📚Janr: Avtobiografik roman
📕Muqovasi: Yumshoq
📄Hajmi: 288 bet
Aziz o‘quvchi, ko‘rish orqali ko‘rgan narsamizni chegaralab qo‘ygandekmiz go‘yo. Atrofimizda dunyoni ko‘rmasdan yashayotgan insonlar bor, dunyoni biz tasavvur qilgandek tasavvur qilisholmaydi. Nimanidir ko‘rish uchun albatta ko‘zimiz bo‘lishi shartmi deb o‘ylab qolaman. Yo‘q, shart bo‘lmasa kerak. Ba’zi insonlar ko‘r bo‘lib turib ham hamma narsani ko‘ra oladi, atrofdagi narsalarga qaray oladi...
Aslida xayollarimiz haqiqatmi yoki haqiqatlar xayolmi deb o‘yga tolgan vaqtlarim ko‘p bo‘ladi. Ba’zan bir narsaning haqiqati va aslidan ko‘ra, o‘sha narsaning xayollari yoqimliroq tuyuladi menga. Bu gal xayolimdagi bir insonning xayollarini yozmoqchiman. Hozir shoshilmang, kitobimni o‘qib tugatganingizda nima demoqchi bo‘lganimni yaxshiroq anglab yetasiz. Ha aytgancha, sizga shuni ham aytib qo‘yay, xayol haqiqat kabi bo‘lmaydi, xayolning chegarasi, joyi va vaqti yo‘q. Shuning uchun bo‘lsa kerak go‘zal va xayoliy bo‘lmagan narsalar har doim kamchiligi bordek bo‘lib tuyulaveradi.
Yozmoqchi bo‘lgan hikoyamni uzoq vaqt qalbimda saqlab yurdim. Vaqt o‘tishi bilan unutilib ketsa kerak deb o‘ylgandim, yo‘q unday bo‘lmadi.

