«Amir Temur qalbida chaqnagan nur» — Amir Temur shaxsi va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy-hujjatli asar. Kitob mualliflarning dilkash suhbati shaklida yozilgan bo‘lib, unda Sohibqironning hayoti va faoliyati, tariximiz, Mustaqillik, adabiyot, turli taqdirlar va insonlar haqida fikr yuritiladi.
Asarda Amir Temurning Vatanga muhabbati, adolatga intilishi, bunyodkorlik faoliyati va tarixdagi o‘rni haqida mulohazalar bayon etiladi.

