AMD Ryzen 9 9900X3D — Zen 5 Granite Ridge arxitekturasiga asoslangan yuqori darajadagi premium protsessor bo‘lib, maksimal gaming va professional unumdorlik uchun yaratilgan. 12 yadro va 24 oqimga ega bu model og‘ir yuklamalarda ham barqaror ishlash, yuqori tezlik va samaradorlikni ta’minlaydi. AAA o‘yinlar, 4K video montaj, 3D render, stream va professional multitasking uchun ideal yechim hisoblanadi.
Ushbu modelning asosiy afzalligi — 3D V-Cache texnologiyasi. Katta L3 kesh xotira tufayli o‘yinlarda latency kamayadi, FPS oshadi va umumiy o‘yin tajribasi sezilarli darajada yaxshilanadi. Ayniqsa CPU-ga bog‘liq eSports va AAA o‘yinlarda juda kuchli natija beradi.
Ryzen 9 9900X3D AM5 platformasi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, DDR5 operativ xotira va PCIe 5.0 texnologiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Ichki Radeon grafik yadro mavjudligi tizimni videokartasiz ham asosiy ishlar va diagnostika uchun ishlatish imkonini beradi.
RTX 4080, RTX 4090, RX 7900 XT va RX 7900 XTX kabi flagman videokartalar bilan mukammal moslashadi. Kuchli gaming PC, professional workstation va content creation tizimlari uchun eng yuqori darajadagi tanlov.
• Model: AMD Ryzen 9 9900X3D
• Arxitektura: Zen 5 Granite Ridge
• Socket: AM5
• Yadro/Oqim: 12 yadro / 24 oqim
• Bazaviy chastota: 4.4GHz
• Turbo chastota: ~5.6GHz gacha
• Kesh xotira: 3D V-Cache (katta L3 cache)
• Grafik yadro: Radeon Graphics mavjud
• Operativ xotira: DDR5 qo‘llab-quvvatlaydi
• PCI Express: PCIe 5.0
• Qo‘llanishi: Gaming, Stream, Render, Montaj, Professional ishlar
• Afzallik: juda yuqori FPS + kuchli multi-core performance
• Komplekt: OEM

