AMD Ryzen 9 9900X3D — Zen 5 Granite Ridge arxitekturasiga asoslangan yuqori darajadagi flagman protsessor bo‘lib, maksimal gaming va professional unumdorlik uchun yaratilgan. 12 yadro va 24 oqimga ega bu model og‘ir multitasking, 4K video montaj, 3D render, stream va AAA o‘yinlarda juda yuqori tezlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Ushbu protsessorning eng katta afzalligi — 3D V-Cache texnologiyasi bo‘lib, katta L3 kesh xotira hisobiga o‘yinlarda latency kamayadi va FPS sezilarli darajada oshadi. Ayniqsa CPU-ga bog‘liq o‘yinlarda va eSports yo‘nalishida juda kuchli natija beradi.
Ryzen 9 9900X3D AM5 platformasi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, DDR5 operativ xotira va PCIe 5.0 standartini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Ichki Radeon grafik yadro mavjudligi oddiy ishlarda va diagnostika uchun videokartasiz ham ishlash imkonini beradi.
RTX 4080, RTX 4090, RX 7900 XT va RX 7900 XTX kabi eng kuchli videokartalar bilan mukammal moslashadi. Premium gaming PC, professional workstation va content creation tizimlari uchun ideal tanlov.
• Model: AMD Ryzen 9 9900X3D
• Arxitektura: Zen 5 Granite Ridge
• Socket: AM5
• Yadro/Oqim: 12 yadro / 24 oqim
• Bazaviy chastota: 4.4GHz
• Turbo chastota: ~5.6GHz gacha
• Kesh xotira: 3D V-Cache (katta L3 cache)
• Grafik yadro: Radeon Graphics mavjud
• Operativ xotira: DDR5 qo‘llab-quvvatlaydi
• PCI Express: PCIe 5.0
• Qo‘llanishi: Gaming, Stream, Render, Montaj, Professional ishlar
• Afzallik: yuqori FPS + kuchli multi-core performance
• Komplekt: OEM

