AMD Ryzen 7 9850X3D — Zen 5 Granite Ridge arxitekturasiga asoslangan yangi avlod premium gaming protsessori. 8 yadro va 16 oqimga ega bu model yuqori FPS, tezkor javob va barqaror ishlashni ta’minlab, zamonaviy o‘yinlar va professional ishlar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy ustunligi — 3D V-Cache texnologiyasi bo‘lib, katta kesh xotira hisobiga o‘yinlarda kechikish (latency) kamayadi va FPS sezilarli oshadi. Ayniqsa CPU-ga og‘ir yuk tushadigan AAA o‘yinlarda juda kuchli natija beradi.
Ryzen 7 9850X3D AM5 platformasi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, DDR5 operativ xotira va PCIe 5.0 standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Ichki Radeon grafik yadro mavjudligi sababli asosiy ishlar va diagnostika uchun videokartasiz ham ishlashi mumkin.
RTX 4070, RTX 4080, RTX 4090 hamda RX 7900 XT / XTX kabi yuqori darajadagi videokartalar bilan mukammal uyg‘unlikda ishlaydi. Kuchli gaming PC, eSports tizim va professional workstation uchun ideal tanlov.
• Model: AMD Ryzen 7 9850X3D
• Arxitektura: Zen 5 Granite Ridge
• Socket: AM5
• Yadro/Oqim: 8 yadro / 16 oqim
• Bazaviy chastota: 4.7GHz
• Turbo chastota: ~5.2GHz gacha
• Kesh xotira: 3D V-Cache (katta L3 cache)
• Grafik yadro: Radeon Graphics mavjud
• Operativ xotira: DDR5 qo‘llab-quvvatlaydi
• PCI Express: PCIe 5.0
• Qo‘llanishi: Gaming, eSports, Stream, Render, Montaj
• Afzallik: yuqori FPS, past latency
• Komplekt: OEM

