Amazfit Pop 3S aqlli soat — zamonaviy dizayn, sifatli materiallar va keng funksiyalarga ega smart gadjet. U arzon segmentda bo‘lsa ham, premium modellarga yaqin imkoniyatlar bilan ajralib turadi. Kundalik hayot, sport va sog‘liqni nazorat qilish uchun juda qulay.
Soat 1.96 dyuymli HD AMOLED ekran (410×502, 330 ppi) bilan jihozlangan bo‘lib, yorqin va aniq tasvir beradi. Metall ramka va 2.5D himoya oynasi unga zamonaviy va mustahkam ko‘rinish beradi. Always-On Display funksiyasi mavjud.
Bluetooth orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va amalga oshirish mumkin. Shuningdek, AI ovozli yordamchi (Siri, Google Assistant) bilan ishlaydi.
Sog‘liqni nazorat qilish funksiyalari: yurak urishi, SpO2, stress darajasi va uyqu monitoringi. 100+ sport rejimlari orqali turli mashg‘ulotlarni aniq kuzatadi.
• Model: Amazfit Pop 3S
• Ekran: 1.96" HD AMOLED
• Ruxsat: 410×502 piksel
• Piksel zichligi: 330 ppi
• Bluetooth qo‘ng‘iroqlar: bor
• Operatsion tizim: Zepp OS
• Sensorlar: yurak urishi, SpO2, stress, uyqu
• Sport rejimlari: 100+
• Ovozli yordamchi: AI (Siri, Google Assistant)
• Suvga chidamlilik: 2 ATM
• Batareya: 300 mAh
• Ishlash vaqti: 10–12 kungacha
• Faol rejim: 5–6 kun
• Zaryadlash vaqti: ~2 soat
• Korpus: metall
• Bilaguzuk: 304 zanglamaydigan po‘lat / silikon
• Displey himoyasi: 2.5D shisha

