«Amallar niyatga bog'liqdir» kitobi taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamiga mansub ma'rifiy asardir. Kitobda Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning mashhur «Albatta, amallar niyatga bog'liqdir» degan hadisi shariflari mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib beriladi. Har bir qilayotgan ezgu amalimiz Yaratgan huzurida qabul bo'lishi uchun xolis niyat va ixlos naqadar muhim o'rin tutishi Qur'oni Karim oyatlari hamda hadislar orqali bayon etiladi. Asar kitobxonni kundalik amallari, ibodatlari va muomalalarida niyatni xolis qilishga, riyo va manmanlikdan saqlanishga chorlaydi.

