Assalomu alaykum, aziz o‘quvchi va ustozlar! Ilm olish va ilm tarqatishdan charchamang! Biz sizlarga qo‘lingizda turgan «Amaliy matematika» 6–7-sinflarga mo‘ljallangan kitobimizni havola etamiz. Bu kitob ham sizlarga manzur bo‘ladi degan umidlar bilan yozishni boshladik. Har bir inson ilm olish va tarqatish yo‘lidan borar ekan, unga juda katta savoblar va’da qilingan. Biz ham shu savoblardan umidvor bo‘lgan holda matematika fanini o‘rgatish va o‘rganish uchun erta-yu kech harakatdamiz. Sizlarga har bir qilayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Ko‘pchilik matematikani faqatgina quruq, zerikarli formulalardan iborat deb biladi. «Amaliy matematika» esa bu fikrni butunlay o‘zgartiradi. Bu shunchaki kitob emas, balki farzandingizda matematikaga mehr uyg‘otadigan, ularni har qanday testga tayyorlaydigan, ayni siz kutgan qo‘llanma!
Kitobimizda quruq nazariyaga o‘rin qoldirmadik. Chunki bolalar amaliyotni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun:
• Darhol amaliyotga sho‘ng‘iymiz: Har bir sahifa yopiq va ochiq testlar bilan to‘la. Faqat yechasiz, o‘rganasiz va natijani ko‘rasiz.
• Hammasi tushunarli: Murakkab testlar ham endi qiyin emas. Ularni rasmlar va sodda tushuntirishlar orqali, bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Go‘yo men yoningizda turib tushuntirayotgandek.
• Kitobning o‘zida ishlaysiz: Albatta, qo‘shimcha daftar kerak emas. Har bir test uchun kitobning o‘zida yechishga joy qoldirdik. Yeching, tekshiring va qaytadan urinib ko‘ring.
• Zerikishga vaqt yo‘q: Rangli suratlar, hayotiy misollar test jarayonini quvnoq o‘yinga aylantiradi. Matematika bilan do‘stlashasiz.
• Har qanday testga tayyorsiz: Eng oddiy testdan tortib, Prezident maktablari darajasidagi eng murakkab masalalargacha – barchasini bosqichma-bosqich o‘zlashtirasiz.

