Assalomu alaykum, aziz o‘quvchi va ustozlar! Ilm olish va ilm tarqatishdan charchamang! Biz sizlarga qo‘lingizda turgan “AMALIY MATEMATIKA” 4–5-sinflarga mo‘ljallangan kitobimizni havola etamiz. Ushbu kitob ham sizlarga manzur keladi degan umidlar bilan yozishni boshladik. Har bir inson ilm olish va tarqatish yo‘lidan borar ekan, unga juda katta savoblar va’da qilingan. Biz ham shu savoblarni umid qilgan holda matematika fanini o‘rgatish va o‘rganish uchun ertayu kech harakatdamiz. Biz sizlarga har bir qilayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Ko‘pchilik matematikani quruq, zerikarli formulalar deb biladi. “Amaliy Matematika” esa bu fikrni butunlay o‘zgartiradi! Bu shunchaki kitob emas, balki farzandingizning matematikaga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otadigan, ularni har qanday testga tayyorlaydigan siz kutgan qo‘llanma!
Biz kitobimizda quruq nazariyaga joy qoldirmadik. Chunki bilamizki, bolalar amaliyotni yaxshi ko‘radi! Shuning uchun:
• Darhol amaliyotga sho‘ng‘iymiz: Har bir sahifa yopiq va ochiq testlar bilan to‘la. Faqat yechasiz, o‘rganasiz va natijani ko‘rasiz!
• Hammasi tushunarli: Murakkab testlar ham endi qiyin emas! Ularni rasmlar va sodda tushuntirishlar orqali, bosqichma-bosqich o‘rganasiz. Go‘yo men yoningizda turib tushuntirayotgandek!
• Kitobning o‘zida ishlaysiz: Albatta, qo‘shimcha daftar kerak emas! Har bir test uchun kitobning o‘zida yechishga joy qoldirdik. Yeching, tekshiring, qaytadan urinib ko‘ring!
• Zerikishga vaqt yo‘q: Rangli suratlar, hayotiy misollar test jarayonini quvnoq o‘yinga aylantiradi. Matematika bilan do‘stlashasiz!
• Har qanday testga tayyorsiz: Eng oddiy testdan tortib, Prezident maktablari darajasidagi eng murakkab masalalargacha — barchasini bosqichma-bosqich o‘zlashtirasiz.
“Amaliy Matematika” – bu sizning matematikadagi muvaffaqiyat kalitingiz! Keling, birgalikda matematikani zabt etamiz!
Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
Tuzuvchi: No‘monov Nosirbek, Ermatov Behzodbek
Sahifalar soni: 304
Muqova: yumshoq
Til: uzbek tilida
Format: 70×90 1/16 (A5)

