Mazkur kitob jajji bolajonlarimizga bilimning ilk kaliti-alifbeni ularning yoshiga, qiziqish doirasiga mos ravishda o'rgatishni maqsad qilgan.
Har bir harfga mos rangli suratlar dilbandlarimizning alifbeni tezroq o'rganishlari va yodda saqlashlari uchun yaqindan yordam beradi. Harflar o'rganib bo'lingach, bo'ginlab o'qish uchun ertaklar hamda savol va topshiriqlar jamlangan.
Kitob boshlang'ich sinf o'qituvchilari, bog'cha tarbiyachilari, qolaversa, har bir ota-ona uchun yordamchi qo'llanma bo'lib qoladi, degan umiddamiz.

