Rus yozuvchisi Aleksandr Grin (1880-1932) o‘z fantaziyasi kuchi bilan go‘zal, kuchli va olijanob insonlar yashaydigan, ezgulik yovuzlikni yengadigan, muhabbat abadiy davom etadigan ajoyib xayoliy olamlarni yaratdi. "Qizil yelkanlar" romani baxt haqidagi ro‘yobga chiqqan orzu timsoliga aylandi, hayotimizning nozik ipini tashkil etuvchi bir-biriga o‘xshash kunlarning uzluksiz ketma-ketligida sodir bo‘ladigan "oddiy mo‘jiza"ga umid bag‘ishladi. Shuningdek, kitobga "Yorqin dunyo", "To‘lqinlar uzra yuguruvchi" romanlari va hikoyalar kiritilgan.

