Alpomish: oʻzbek xalq qahramonlik dostoni [matn]. Aytuvchi:Fozil Yo'ldosh o'g'li.Yozib oluvchi:Mahmud Zarifov.Ixchamlashtirib nashrga tayyorlovchi:Shomirza Turdimov. -Toshkent: «Zabarjad Media», 2024. – 352 bet.
Xalq og'zaki ijodi millat ko'zgusidir.Bu shunday koʻzguki,unda bir millatning o'tmishi,kelib chiqishi bor boʻy-basti bilan gavdalanadi.Bugina emas,biz millatning bugungi ahvolini tahlil qilmoqchi bo'lsak ham xalq og'zaki ijodiga yuzlanamiz.
Oʻzbek xalq og'zaki ijodichalik rang-barang,sara va mukammal xazinani topish mahol.Ikkita so'zdan iborat maqollardan tortib,yuzlab sahifalarni band qilgan dostonlargacha bu xilma-xillikdan bahramand bo'lishingiz mumkin.Topishmoqlar,chaldirmoqlar,qo'shiqlar,ertaklar ma'naviy xazinamiz naqadar boyligini ko'rsatadi. Jahon adabiyoti miqyosida olsak ham,xalq og'zaki ijodi va mifologiya qayta-qayta murojaat qilinadigan qiziqarli mavzudir.
Biz bir guruh folklorshunos olimlar va nashriyot jamoasi siz kitobxonlarga mana shu xazinani ilinishni maqsad qilganmiz.Zero,o'zligini,o'tmishini,qayerdan kelganini anglagan avlodlargina munosib kelajak yaratishga qodirdirlar.

