• Muqova:qattiq
• Sahifa: 400
• Til: o'zbekcha
• yozuv: krillcha
Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:
"Allohning go‘zal ismlari bor. Bas, ana o‘shalar ila Unga duo qilinglar," dedi.
("A’rof" surasi, 180-oyat).
Aslida Alloh taoloning ismlari juda ko‘p bo‘lib, Qur’oni karim va sahih hadislarda yuzdan ortiq ismlari zikr qilingan.
Rasululloh صلى الله عليه وسلم ulardan to‘qson to‘qqizta ismga jannat xabarini bog‘lab shunday dedilar:
"Albatta, Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor. Ularni "ihso" qilgan, ya’ni iymon va e’tiqod, ixlos, muhabbat va ehtirom bilan o‘qigan, zikr qilgan, ular vositasida Allohga duo qilgan, ma’nolarini to‘g‘ri tushungan, tafakkur qilgan, talablariga amal qilgan, haqlariga rioya qilgan kishi jannatga kiradi.
Albatta, U zot yolg‘iz (toq) dir va toqni sevguvchidir."
(Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadis).

