21 KUNLIK “ALLOHGA OSON” KUNDALIGI
Bu kundalik orqali siz “Allohga oson” texnikasi yordamida orzu va istaklaringizga Inshaalloh tez orada erishasiz. Shuningdek, bu yo‘lda turli foydali ma’lumotlar, noodatiy topshiriqlar va savobli amallar sizni kutmoqda.
Avvalombor, ushbu texnikani qanday bajarishni bilmaganlar uchun kundaligimizda maxsus to‘liq qo‘llanma taqdim etilgan. Unda amallarni qanday bajarish, qaysi vaqtda ado etish ma’qul ekani ham batafsil tushuntirilgan.
Ushbu kundalik 21 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, “Allohga oson” texnikasini to‘liq va to‘g‘ri bajarishingiz uchun mo‘ljallangan qo‘llanmadir. 21 kun davomida Allohning 99 ismi yozilgan sahifalar mavjud bo‘lib, siz faqat tayyor niyatingizni yozib qo‘yishingiz kifoya.
Bundan tashqari, Allohning 99 ismini yod olishingiz uchun maxsus jadval hamda ularning ma’nolari ham keltirilgan.
Bu 21 kunlik “Allohga oson” texnika sizning hayotingizni ijobiy tomonga o‘zgartirishga, o‘zingizni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

