Janr: Islomiy amaliyot daftari, niyat va duo kundaligi
Format: To‘ldiriladigan amaliy daftar
Tili: O‘zbekcha
Yozuvi: Lotincha
💫 “Allohga oson” amaliyoti — niyat, duo va tavakkul daftari
Betlar soni: 56
O‘lchami: 14.5×20 sm
Rangi: Ko‘k / Oq
💫 “Allohga oson” amaliyoti — niyat, duo va tavakkul daftari
Ko‘nglingizda aytolmay yurgan niyatlaringiz bormi? Ish, oila, farzand, uy, sog‘liq, imtihon… Ba’zan biror narsa juda qiyin, hatto imkonsizdek tuyuladi. Ammo bizga qiyin bo‘lgan narsa Alloh uchun osondir.
“Allohga oson” amaliyoti — har bir niyatingizni Allohning go‘zal ismlari bilan bog‘lab, qalban Unga topshirish uchun yaratilgan daftar. Siz niyatingizni yozasiz, uni Allohning bir ismiga bog‘laysiz (“Rizqimning kengayishi Ar-Razzoqqa oson”) va hamd bilan yakunlaysiz. Shu tarzda har bir sahifa sizni xavotirdan tavakkulga, umidsizlikdan husnuzonga olib boradi.
📖 Daftar sizga nima beradi?
Niyatlaringizni aniq va xolis shakllantirishga yordam beradi
Allohning 99 go‘zal ismini yozish orqali tanish va qalbga joylash
Xavotir o‘rniga tavakkul, shikoyat o‘rniga shukr odatini shakllantirish
Qalbingizdagi gaplarni Allohga maktub qilib yozish imkoniyati
Ijobat bo‘lgan duolaringizni “Natijalarim” sahifasida qayd etish
📚 Daftarning o‘ziga xos jihatlari:
Allohning 99 ismi bilan ishlashga asoslangan noyob amaliyot
Qanday yozish kerakligi bo‘yicha aniq qoidalar va misollar
10 ta mavzuli maktub: ota-ona, rizq, ilm, sabr, mag‘firat va boshqalar
Har bir maktubga tayyor duo va o‘z so‘zlaringiz uchun bo‘sh sahifa
Ixcham 14.5×20 sm o‘lcham: sumkada olib yurish qulay
Ko‘k va oq rangdagi nafis muqova

🌟 Daftarda nimalar bor?
“Daftar egasi” sahifasi
Ijobat va Alloh haqida yaxshi gumon haqida bo‘lim
Daftardan foydalanishning 10 qoidasi va shukronalik qoidasi
Allohning 99 go‘zal ismi ro‘yxati
Niyat va zikr sahifalari
10 ta maktub va “Mening maktublarim” sahifalari
“Natijalarim” sahifalari
🎯 Kimlar uchun?
Hayotida muhim niyati bor, lekin xavotir va shubhadan qutula olmayotganlar
Duo qilishni yaxshi ko‘radigan, uni tartibli va ongli qilmoqchi bo‘lgan opa-singillar
Qiyin davrni boshidan kechirayotgan va qalbiga xotirjamlik izlayotganlar
Allohning ismlarini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar
Onasi, dugonasi yoki yaqiniga ma’noli sovg‘a izlayotganlar
💡 Nega aynan shu daftar?
Chunki biz ko‘pincha duoni aytamiz-u, keyin xavotirni yana o‘zimiz ko‘tarib yuramiz. Bu daftar niyatingizni yozib, Allohga topshirish va natijani Unga havola qilishni o‘rgatadi. Bir necha haftadan keyin “Natijalarim” sahifasiga qarab, qancha duoyingiz ijobat bo‘lganini ko‘rasiz.
Bir niyat bilan boshlang. Yozing, tavakkul qiling — Alloh yetarlidir.

