Qo‘lingizdagi bu kitob aslida kalitdir. Ushbu kalit yordamida siz o‘zligingiz eshigini lang ochib, uning cheksiz kengliklari bo‘ylab sayohatga chiqasiz va u sizga bo‘yinturuq tomiridan ham yaqinroq bo‘lgan Allohga yaqinlashishingizga yordam beradigan yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi...
Bu asar ikkita asosiy mavzuni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, u ikkita alohida kitob xususiyatiga ega bo‘lib, qisqa, lo‘nda uslubda yozilgan.
Birinchi mavzu: Allohga yaqinlashish.
Ikkinchi mavzu: Nohaqliklar, kasalliklar, qisqasi, hayotda duch keladigan sinovlar qarshisida qul o‘zini tashlab ketilgan va yolg‘iz his qilmasligi uchun nimalar qilishi kerakligi haqida.
Chunki Alloh O‘z bandasini muhofaza qilur. Uning barcha muammolarini hal qiladi. Lekin Alloh bandani to‘laligicha o‘z panohiga olishi, unga g‘amxo‘rlik qilishi uchun banda avval o‘zi jon-jahdi bilan yopishib olgan narsalarni qo‘yib yuborishi kerak.
Eslab qol! Biror narsaga egalik qilish istagidan voz kechgan paytingda, Alloh sen haqingda g‘amxo‘rlik qilishni va seni himoya qilishni boshlaydi!
Butun donishmandlik ana shunda...

