Bu kitob bandaning Allohga qanday munosabatda bo‘lishi, Alloh bilan munosabati qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatadi. Yaratgan haqidagi ijobiy fikrlar bandaga ko‘p yaxshiliklar keltiradi. Ular uning hayotini go‘zallik va optimizm bilan to‘ldiradi, keraksiz xavotirlar, qayg‘u va azob-uqubatlardan himoya qiladi, qiyin va murakkab hayot tarzini farovon hayotga aylantiradi, sharoitdan qat’i nazar, baxtli yashashga va sodir bo‘layotgan voqealarni doimo ijobiy qabul qilishga o‘rgatadi.

