Qayerga qarama, hamma joy – gavjum, tiqilinch!
Faqat bir joy mustasno…
Kasalxonalar – gavjum. Xuddi hamma bemor-u, shifokor koʻrigiga kelgan…
Bozorlarda odam qaynaydi. Barcha kelishib olgan-u, bir vaqtda xarid uchun toʻplangan…
Koʻchalar – gavjum, tirband. Olomon namoyishga toʻplangandek...
Masjidga qaraysan – boʻm-boʻsh… Xuddi namoz farz boʻlmagan…
Bu asr – namozni tirikchilikka, oilaga, ruhiy va jismoniy horgʻinlikka fido qilganlar asridir.
Bahonalari iymoni yoʻlini toʻsgan, vaj-korsonlar bilan oʻzini aldaydigan “musulmonlar” asri…
Vaqtni bergan Allohga vaqt ajratolmaydiganlar asri...
“Rizq izlash – ibodatdir”, deya rizq beruvchi Zotga osiylik qilingan asrdir...
Kitob va video-tasvirlari millionlab qalblarni zabt etgan Mehmet Yildiz ushbu kitobida oʻziga xos uslubi bilan iymon va namoz haqida soʻzlashda davom etadi...

