Jahon adabiyotining eng buyuk namoyandalaridan biri bo'lgan Paulo Koelo o'z asarlarida inson ruhiyatining evolyutsiyasini mohirona o'rganadi. Uning asarlari yaxshilik va yomonlik, sabr va shahvat, sevgi va nafrat, iymon va gunoh kabi umuminsoniy mavzularga bag'ishlangan. O'qiyotganda o'quvchi o'zini qahramon o'rnida ko'radi. Taqdir, mehnat va ma'noga to'la hayot safari mulohaza yuritishga undaydi. Hozir atrofimizdagi voqealar taqdir belgisimi yoki ssenariyni o'zgartirish imkoniyatimi? Balki bizga duch keladigan tasodiflar tasodifiy emasdir? Paulo Koelo asarlarining yana bir ajoyib xususiyati shundaki, o'quvchining asar haqidagi fikri, birinchi sahifada boshqacha bo'lishi mumkin bo'lsa, oxirgi sahifada butunlay o'zgarishi mumkin. Bu o'zgarish meni kitobni qayta o'qishga undaydi...

