COLOREX alkid emali – yog‘och va metall yuzalarni ishonchli himoya qilish va chiroyli ko‘rinish berish uchun mo‘ljallangan sifatli sintetik bo‘yoq. Yuqori qoplovchanligi, namlik va ob-havo ta'siriga chidamliligi bilan ajralib turadi. Qurigandan so‘ng silliq va yaltiroq qoplama hosil qiladi. Ichki hamda tashqi ishlarda eshik, deraza, panjara, darvoza, mebel va turli metall konstruksiyalarni bo‘yash uchun mos.

