• Alixonto‘ra Sog‘uniy: Turkiston qayg‘usi
“Turkiston qayg‘usi”
Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniy Turkistonning atoqli olimi va adibi, ulkan davlat arbobi va sarkardasi, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali edi. U milodiy 1885 yili Turkiston o‘lkasining To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Yaxshi bilim olgan Alixonto‘ra ulug‘ olim va siyosiy arbob bo‘lib yetishdi. 1976 yil 29 fevralda Toshkentda vafot etgan.
Olimning “Turkiston qayg‘usi” tarixiy-publitsistik asari yetti yil mobaynida yozilgan. Unda Sog‘uniy o‘z hayot yo‘lida guvoh bo‘lgan ko‘plab voqealarga donishmand nazari bilan baho beradi, millat, yurt va din qayg‘usidagi o‘tli dardlarini to‘kib soladi.

