"Alisa moʻjizalar mamlakatida" deb umumiy nom berilgan mazkur kitobga biz bir qancha avlod vakillari sevib mutolaa qilgan va bugunning bolalari ham o‘qishi kerak bo‘lgan jahon adabiyotining eng sara ertaklarini saraladik.
Ertaklar mavzuyi, ko‘lamidan qatʼi nazar yosh kitobxon ko‘ngliga shunisi bilan yaqinki, unda mo‘jizalar orqali bolalar qalbi tarbiyalanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda bunday maʼnaviy tuhfa, umid qilamizki, bolajonlarimizga munosib sovg‘a bo‘ladi.

