«Alifbo + daftar» bolalarga savod o‘rgatish va maktabga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada harflar yirik va tushunarli shaklda berilib, ular turli rasmlar va bolaga tanish bo‘lgan predmetlar bilan bog‘langan. Bu usul bolaning harf, tovush va so‘z o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishiga yordam beradi.
Rangli rasmlar va sodda topshiriqlar orqali bola harflarni tanish, ularni eslab qolish va to‘g‘ri yozishga asta-sekin o‘rganadi. Daftar qismi esa o‘rganilgan harflarni amaliy ravishda mustahkamlash, qo‘l harakatlarini rivojlantirish va yozuv ko‘nikmasini shakllantirish imkonini beradi.
Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalar, maktabga tayyorlanayotgan bolalar hamda boshlang‘ich savod o‘rgatish mashg‘ulotlari uchun mos. Undan ota-onalar uy sharoitida, tarbiyachilar va pedagoglar esa mashg‘ulotlar davomida foydalanishlari mumkin.

